Aksiya shartlari

«TASDIQLANGAN»

«QUALITY ELECTRONICS» MCHJ QK Direktori 

SAFAROV J.S.

 

____________________

«____» _________  2020 yil.

 

 «Akfa Lightingdan barakali aksiya»

AKSIYASINING QOIDALARI

1. Umumiy qoidalar 

1.1. Aksiyaning tashkilotchisi va ijrochisi - «QUALITY ELECTRONICS» MCHJ QK. Yuridik manzili: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko’chasi, 2-uy, quyida matnda “Tashkilotchi”.

1.2. Aksiyani o’tkazishdan maqsad– «AKFA LIGHTING» va «LUCEM» savdo markalari ostida ishlab chiqariladigan mahsulotni reklama qilish, sotuvlar hajmini oshirish, mahsulotni O’zbekiston Respublikasi bozorlarida sotish.

1.3. Aksiyani o’tkazish xududi: O’zbekiston Respublikasi.

1.4. Aksiyani o’tkazish muddati: 2020 yil 01 apreldan 2020 yil 31 dekabrgacha.

1.5. Aksiyani o’tkazish muddati Tashkilotchining tashabbusi bilan uzaytirilishi mumkin. Aksiyaning muddati uzaytirilgan taqdirda, ishtirokchilar Tashkilotchi tomonidan Tashkilotchining www.akfalighting.uz saytida, shuningdek https://www.facebook.com/akfalighting saytida muvofiq ma’lumotni joylashtirish orqali, xabardor qilinadilar.

1.6. Aksiya yakunlari aniqlash: Aksiya tugaganidan keyin 20-40 kalendar kuni ichida, bu xaqida tashkilotchining saytida yoki https://www.facebook.com/akfalighting saytida qo’shimcha e’lon qilinadi. 

1.7. YUtuqlarni o’ynash va g’oliblarni e’lon qilish «ZOR TV» telekanalida «Boriga Baraka» teleko’rsatuvida o’tkaziladi. Aksiya yakunlari shuningdek tashkilotchining saytida va https://www.facebook.com/akfalighting saytida joylashtiriladi. 

2. Aksiya ishtirokchilari 

2.1. Aksiya ishtirokchilari (quyida matnda – Ishtirokchilar) O’zbekiston Respublikasi xududida doimiy istiqomat qiluvchi, 18 yoshdan oshgan, mazkur Aksiyaning shartlarini bajargan jismoniy shaxslar hisoblanadi, mazkur Qoidalarning 2.2. bandida ko’rsatilgan shaxslardan tashqari. 

2.2. Tashkilotchining korxonalari yoki Aksiyani tayyorlash va o’tkazishda ishtirok etadigan har qanday yuridik shaxslarning xodimlari, ularning qarindooshlari (to’g’ridan-to’g’ri yoki ikkinchi darajali qarindoshlari: ota-onalari, farzandlari, bobolari, buvilari, nabiralari), tug’ishgan yoki o’gay akalari va opalari, shuningdek mazkur Qoidalarning shartlarini bajarmagan shaxslar Aksiya ishtirokchilari deb tan olinmaydilar va unda qatnashish huquqiga ega emaslar. Shuningdek, distribyutorlar, ularning xodimlari hamda Akfa Lighting va Lucem mahsulotlarini sotish bilan shug’ullanuvchi shaxslar ham tan olinmaydi.  

3. Aksiyada ishtirok etish shartlari

3.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Xaridor quyidagi shartlarni bajarishi kerak:

3.1.1. Birinchi bosqich:

- Aksiyani o’tkazish davrida Akfa Lighting va/yoki Lucem  mahsulotlarini yagona kod biriktirilgan Skrech yorliqlari bilan  sotib olish. Ushbu yorliqlar quyidagi modellarda bor:

Akfa Led BULB, 

Akfa Led Panel, 

Akfa Led Panel 3000K, 

Akfa Led Panel RGB, 

Akfa Led Panel SLIM, 

Akfa Led Lineyniy

Akfa Projektor

Akfa Stabilizator

Akfa Led BULB UFO,

Akfa Led Candle, 

Akfa Led Candle (xira rang),2 

Lucem BULB akkumulyator, 

Lucem Led BULB, 

Lucem Led Panel, 

Lucem QPG

Lucem Led Panel (tashqi), 

Lucem Led Panel (mebel uchun);

3.1.2. Ikkinchi bosqich:

- 8600 qisqa raqamiga promo-kod SMS orqali yuboring. (Bitta SMS narxi mobil operator xizmati uchun 100 so’m). Javob tariqasida Aksiyada muvaffaqiyatli qayd qilinganlik to’g’risida SMS yuboriladi. 

3.2. Quyidagi hollarda SMS-xabar hisobga olinmaydi va Promo-kod ro’yxatga olinganda potensial ishtirokchi Aksiya Ishtirokchisiga aylanmaydi:

SMS-xabarda bittadan ko’p Promo-kod bo’lsa;

SMS-xabarda Promo-kod ko’rsatilmasa;

SMS-xabarda avval ro’yxatga olingan Promo-kod bo’lsa;

SMS-xabar Tashkilotchi tomonidan original sifatida identifikatsiya qilinmaydigan Promo-kod bo’lsa (barcha Promo-kodlarning ro’yxati Tashkilotchining ma’lumotlar bazasida saqlanadi);

SMS-xabar Tashkilotchi tomonidan Aksiyani o’tkazish muddati tugaganidan keyin qabul qilinsa;

3.3. Aksiya Ishtirokchisi tomonidan SMS  orqali noto’g’ri promo-kod yuborilsa, ishtirokchiga xatolik to’g’risida matnli xabar yuboriladi. 

3.4. Bitta telefon raqamidan cheklanmagan miqdorda promo-kodlar yuborilishi mumkin.

3.5. Aksiyada ishtirok etuvchilarning haqiqiyligini tekshirish va qoidabuzar ishtirokchilarni chetlatish maqsadida Tashkilotchi bitta telefon raqamiga 30 dan ortiq promo-kodni ro’yxatdan o’tkazgan Ishtirokchini oyindan chetlatishi mumkin.

3.6. SMS orqali promo-kodni ro’yxatdan o’tkazmagan Xaridor Aksiyada ishtirok etmaydi. 

3.7. SMS-orqali promo-kod yuborib, Aksiya ishtirokchisi mazkur Qoidalarga to’liq va so’zsiz rozi ekanligini tasdiqlaydi.

3.8. Aksiyada ishtirok etish uchun, aloqa operatori tomonidan undiriladigan SMS uchun to’lovdan tashqari, qo’shimcha to’lov talab qilinmaydi. Shunday holatlar yuzaga kelganda, xaridorlar darhol Tashkilotchiga murojaat qilishlari lozim.

3.9. 2020 yilning 31 dekabrida, Aksiya tugaganidan keyin, barcha ro’yxatga olingan raqamlar va promo-kodlar Tashkilotchining saytida e’lon qilinadi, u yerda har bir ishtirokchi o’zining Aksiyada ishtirok etish holatini tekshirib olishi mumkin.

3.10. Tashkilotchining saytidagi shitirokchilar bazasida ma’lumotlar bo’lmasa, shuningdek promo-kodlarni ro’yxatga olishda muammolar vujudga kelsa, Ishtirokchi Tashkilotchiga + 998 78 150 44 88 +998 78 141 00 00 raqmlari orqali murojaat qilishi lozim. 

3.11. Aksiyada ishtirok etishning ikkinchi uslubi: Xaridor Akfa Lighting rasmiy do’konlaridan yuz ming (100 000) so’mdan kam bo’lmagan qiymatdagi mol sotib olishi kerak. Xarid qilgandan keyin, sotuvchi xaridorga kupon beradi, kupon joyida to’ldiriladi va tovarga berilgan chek bilan birga maxsus Aksiya qutisiga solinadi. Ushbu to’ldirilgan kuponlar Boriga Baraka kapital shousi ishtirokchilarining bazasiga ko’chiriladi.       

4. Aksiyaning yutuq jamjg’armasi

4.1. Aksiyaning yutuq jamg’armasi aksiya Tashkilotchisining mablag’lari hisobiga, yutuq jamg’armasi o’ynalishidan avval shakllantiriladi va faqat aksiya ishtirokchilarining yutuqlarini berish uchun foydalaniladi.

4.2. Aksiyaning yutuq jamg’armasiga quyidagilar kiritilgan:

- «ARTEL» tovar belgisi ostidagi maishiy texnika; 

- «Chevrolet» Nexia-3 rusumli avtomobil – 3 dona;

- Superpriz – Ikki xonali kvartira – 2 dona.

4.3. Tashkilotchi Aksiya yutuqlarining sonini oshirish yoki Aksiyaga qo’shimcha tarzda mazkur Qoidalarda ko’zda tutilmagan boshqa yutuqlarni qo’shish huquqini saqlab qoladi.

4.4. Barcha yutuqlar yangi bo’ladi. Tadqim etish va berish paytida yutuqlar soz holatda va ularning foydalanish maqsadlariga muvofiq ravishda foydalanishga tayyor holda bo’ladi. Yutuqlarning sifati borasidagi holatlar ularni ishlab chiqaruvchilar tomonidan berilgan kafolat bilan cheklanadi.

4.5. Yutuqlarning parametrlari va xususiyatlari , ranglari, komplektatsiyasi va boshqa hususiyatlari Tashkilotchining istagiga qarab belgilanadi va reklama materiallarida ko’rsatilganlaridan farq qilishi mumkin.

4.6. Yutuqlarni berish bo’yicha Tashkilotchining javobgarligi faqat yuqorida keltirilgan yutuqlar soni bilan cheklanadi.

4.7. Tashkilotchi tomonidan yutuqlarning pullik qiymati berilmaydi, boshqa sovrinlarga almashtirilmaydi.

4.8. Yutuqlarni olgan shaxslarni soliqqa tortish O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Aksiya g’oliblari mazkur aksiyada yutuqni olish bilan bog’liq soliqlarni o’zlari mustaqil to’laydilar, shuningdek O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirailar.

5. Aksiya g’oliblarini aniqlash va yutuqlarni topshirish shartlari 

5.1. Har xafta mazkur Qoidalarda belgilangan Aksiya shartlarini bajargan Ishtirokchilar bazasi yagona ro’yxatga kiritiladi, unda Ishtirokchining telefon raqami va u yuborgan promo-kod ko’rsatilgan bo’ladi. 

5.2. Har xafta ZOR TV telekanalining efirida «Boriga Baraka» kapital-shousida o’yin g’oliblari aniqlanadi. 

5.3. G’olib aniqlanganda, ZOR TV telekanali efirida telefon orqali qo’ng’iroq qilinadi. Agarda Tashkilotchi ishtirokchiga telefon qilib tusha olmasa, va ishtirokchi aloqaga chiqamasa, bu ishtirokchi Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi.

5.4. Bunday holda «Boriga Baraka» kapital-shousida g’olib qayta aniqlanadi.

5.5. O’yin o’tkazish paytida Tashkilotchining vakili random tartibida butun aksiyani o’tkazish davridagi ishtirokchilar bazasi orasidan Syurpriz g’olibini aniqlaydi.

5.6. Aksiya g’oliblari efir uzatilganidan keyin Tashkilotchining saytida ham e’lon qilinadi.

5.7. Yutuqlar butun O’zbekiston bo’ylab o’yin o’tkazilganidan keyin 90 kun ichida G’oliblarga  topshiriladi. Yutuqlarni oxirgi topshirish sanasi o’yin o’tkazilganidan keyin 120 kunni tashkil qiladi, shundan keyin yutuqlar topshirilmaydi va shikoyatlar qabul qilinmaydi.

5.8. Yutuqlarni topshirish joyi - Akfa Lighting Showroom va Tashkilotchining dilerlik do’konlari. 

5.9. Superpriz yutuqlarini topshirish joyi - «Chevrolet» Nexia-3  rusumli avtomobillar – Akfa Lighting Showroom.

5.10. Yutuqlarni topshirish vaqti: dushanbadan shanbagacha soat 09:00 dan 18:00 gacha.

5.11. Yutuqlarni olish uchun aksiya g’oliblari pasportlari bilan kelishlari yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma orqali o’z vakillarini yuborishlari shart (ishonchnomada yutuqni olish huquqi ko’rsatilgan bo’lishi kerak).

5.12. Aksiya g’oliblari yutuqlarni olish uchun Tashkilotchiga quyidagi ma’lumotlar va hujjatlarni taqdim etadilar:

- O’zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti;

- soliq inspeksiyasidan olingan STIR nusxasi;

-  Turar joyidan ma’lumotnoma (avtomobil g’olibiga);

- Telefon raqami va elektron manzili (agar bor bo’lsa);

- yutgan promo-kodli quti.

5.13. Mazkur Qoidalarning 5.1. bandida ko’rsatilgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortgan G’olibga Tashkilotchi yutuqni bermaslik huquqiga ega.

6. YAkuniy qoidalar

6.1. Tashkilotchi Aksiya G’olibini aniqlashda ob’ektivlik, halollik, xolislik va betaraflikni ta’minlaydi. 

6.2. Aksiya Qoidalari bo’yicha ma’lumot berish aksiyani o’tkazish shartlarini tushuntiruvchi reklama joylashtirish, flaerlar tarqatish orqali, shuningdek qoidalarni Tashkilotchining saytida joylashtirish orqali amalga oshiriladi.

6.3. Qoidalar Aksiyani o’tkazishning butun davri davomida o’zgartirilishi va/yoki qo’shimcha kiritilishi mumkin. Aksiya Qoidalariga kiritiladigan o’zgartirishlar va/yoki qo’shimchalar faqat Tashkilotchi tomonidan tasdiqlansa va Tashkilotchining saytida e’lon qilinsagina haqiqiy hisoblanadi. Bunday tuzatishlar e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi, agarda bevosita ushbu Qoidalarga kiritiladigan qo’shimchalar/o’zgartirishlarda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa. 

6.4. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya o’tkazishni istalgan paytda to’xtatib turish yoki bekor qilish huquqiga ega.

6.5. Aksiya doirasida sovrinlarni olish uchun Ishtrokchi Tashkilotchiga mazkur Qoidalarda ko’zda tutilgan ma’lumotlarni (jumladan shaxsiy ma’lumotlarni ham) taqdim etishi kerak. 

6.6. Yuqorida ko’rsatilgan ma’lumotlarni yig’ish Tashkilotchiga yutuqlarni g’oliblarga tezroq rasmiylashtirish imkonini beradi. 

6.7. Aksiyada ishtirok etgan, har bir Ishtirokchi o’zi taqdim etgan ma’lumotlarni Tashkilotchi tomonidan marketing va/yoki amaldagi qonunchilikka zid kelmaydigan istalgan boshqa maqsadlarda, jumladan uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi yoki u to’g’risidagi boshqa materiallarni reklama/marketing maqsadlarida, jumladan OAV da, istalgan nashr, audio va video materiallarda, OAV da intervyu berishda, yutuq olgan taqdirda, shunigndek ma’lumotlarni, xabarlarni yuborish uchun (jumladan reklama xarakteridagi ma’lumotlarni) xech qanday cheklovlarsiz foydalanishiga rozi ekanligini tasdiqlaydi va shu yo’llr bilan foydalanishga Tashkilotchi tomonidan  xech qanday haq to’lanmaydi. 

6.8. Aksiya tashkilotchisi shuni kafolatlaydiki, ma’lumotlarni yig’ish va undan foydalanish paytida shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligiga, shaxsiy ma’lumotlarni ximoya qilishga oid O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya etadi. Ma’lumotlarni boshqa shaxslarga berish faqat O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan asoslar va tartiblarda ruxsat etiladi. 

6.9. Pochta, elektron jo’natmalar yetib bormaganligi yoki kechikib yetib borganligi, yo’qotilganligi yoki shikastlanganligiga olib kelgan internet-provayderlar, aloqa operatorlarining ishlari, pochta, kuryerlik yoki boshqa xizmatlarning xatoliklari uchun Tashkilotchi javobgarlikni zimmasiga olmaydi. 

6.10. Aksiya Ishtirokchilari o’z yutuqlarini olganidan keyin foydalanishiga va aksiya G’oliblari tomonidani o’z yutuqlaridani har qanday sabab bilan foydalana olmaganliklari uchun Tashkilotchi javobgar emas. Yutuqning sifati va uning kafolatli xizmat ko’rsatilishi (agarda u ko’zda tutilgan bo’lsa) uchun javobgarlik ularning ishlab chiqaruvchilariga yuklatiladi. Tashkilotchi mazkur Aksiya doirasida va mazkur Qoidalarda belgilangan shartlar asosida olingan yutuqlar bo’yicha kafolat majburiyatini olmaydi. 

6.11. Yutuqlarni faqat Ishtirokchi bo’lgan shaxslar olishlari mumkin. Yutuq bitim predmeti yoki to’lov vositasiga aylanadigan har qanday harakat, operatsiya yoki bitimga ruxsat etilmaydi.

6.12. Tashkilotchi fors-major holatlari, ya’ni tabiiy ofatlar, yong’in, suv toshqini, har qanday axamiyatdagi xarbiy harakatlar, qamal, Aksiya o’tkaziladigan xududda amalda bo’lgan qonunchilikdagi o’zgarishlar, shuningdek Tashkilotchining nazorati ostida bo’lmagan boshqa holatlar yuzaga kelgan taqdirda Tashkilotchi javobgar bo’lmaydi.