Akfa Lighting avtomobillar uchun LED lampalar ishlab chiqarmaydi

22.05.2019

Hurmatli do'stlar!

Akfa Lighting kompaniyasi rahbariyati rasman shuni ma'lum qiladiki, bizning kompaniya avtomobillar uchun lampa ISHLAB CHIQARMAYDI va ishlab chiqarish rejasi yo’q. Avtomobillar uchun LED lampalar ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan mish-mishlar, fotosuratlar, ijtimoiy tarmoq va yangiliklar saytlaridagi maqolalar asossizdir.

Mahsulotlar katalogi bilan www.akfalighting.uz saytida tanishishingiz mumkin hamda Akfa Lighting qo'ng'iroqlar markaziga murojaat qilishingiz mumkin +998 (78) 150 44 88