Обратная связь

x

ENERGIYA TEJAMKOR CHIROQLARDAN FOYDANI HISOBLASH KALKULYATORI

“Akfa lighting” zamonaviy energiya tejamkor chiroqlarini tanlab, qanchalik ko‘p foyda ko‘rishingizni bilib olish uchun, keling, ularning foydasini jonli misolda ko‘rib chiqamiz.

Chiroq turi Energiya tejamkorOddiy
Quvvati 7 Vt Vt
Uydagi chiroqlar dona
Sutka davomida chiroq yonishi
vaqti
s
1 kVt/s narxi so'm
1 soatda sarflanadigan elektr energiyasi
1 soatda sarflanadigan elektr energiyasi narxi
Chiroqning narxi so'm so'm
1 yilda ( soatda) tejalgan mablag‘:
 

Faraz qilaylik, uyingizda 100 vatt quvvatli 10 ta cho‘g‘lanma chiroq ishlatiladi. Ular kun davomida o‘rtacha 6 soat yonib turadi. 1 kVt elektr narxi 83,6 so‘m. Hisobot davri sifatida 1 yilni olamiz.

(10 chiroq x 100 vatt x 6 soat x 365 kun) : 1000 (vattni kilovattga aylantiramiz) = 2190 kVt.
Sarflangan 2190 kilovattni 86,3 so‘mga teng tarif stavkasiga ko‘paytiramiz = 183 084 so'm .
Demak, yil davomida oila byudjetidan faqat chiroqlar sarflagan elektr energiyasi uchun ajratiladigan pul 183 084 so‘mni tashkil etadi!

Agar energiya tejamkor chiroqlarning xuddi shu ko‘rsatkichlari ko‘paytirilsa:
(10 chiroq x 20 vatt x 6 soat x 365 kun) : 1000 (vattni kilovattga aylantiramiz) = 438.00 kVt.
Sarflangan 438 kilovattni 86,3 so‘mga teng tarif stavkasiga ko‘paytiramiz = 36 616.8 so‘m bo‘ladi.

Endi taqqoslang:
36 616.8 so‘m va 183 084 so‘m! Ya'ni, uyingizdagi chiroqlarni “AKFA Lighting” zamonaviy energiya tejamkor yorug‘lik manbalariga almashtirib, bir yilning o‘zida 146 467.2 so‘m tejaysiz !

Endi chiroqlarning narxidan kelib chiqqan holda, oilaviy byudjetdan qancha mablag‘ sarflanishini hisoblab chiqamiz. Jonli tejamni hisoblashda energiya tejamkor chiroqlarning xizmat qilish muddati oddiy cho‘g‘lanma chiroqlarnikiga nisbatan 8 marta ko‘pligini inobatga olamiz. Masalan, oddiy chiroqning narxi - 1000 so‘m, energiya tejamkor chiroqning narxi esa - 6500 so‘m.

(1000-6500/8) х 10 + (183 084 - 36 616.8) = 1875 + 146 467.2 = 148 342.2 so‘m

“AKFA Lighting” energiya tejamkor chiroqlarini tanlanganda, umumiy hisobda 148 342.2 so‘m tejaladi! O‘ylab ko‘ring-a, bu pullarni nimalarga sarflagan bo‘lardingiz ?